Toshkentda XVI “Ipak yo‘li” soliq forumi ish boshladi. Anjumanda Ozarbayjon, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Armaniston, Xitoy, Tojikiston, Turkiya va Yaponiyadan kelgan 60 ga yaqin mutaxassis ishtirok etmoqda.

– Ko‘plab davlatlar iqtisodiyot va soliq idoralari vakillari O‘zbekistonda yig‘ilib, soliq tizimini takomillashtirish, zamonaviylashtirish masalalarini keng ko‘lamda muhokama qilyapmiz, – dedi Xalqaro soliq va investitsiya markazi rahbari Daniel Vitt. – Dunyo raqamli tizimga o‘tayotgan bir vaqtda, masalan, pul o‘tkazmalari borasidagi islohotlar muhim, deb o‘ylayman.

Tadbir doirasida ikki kun davomida mintaqaviy iqtisodiy rivojlanish va soliq siyosati, soliq bazasini kamaytirish va daromadni yashirishga qarshi kurashish bo‘yicha harakatlar rejasi va boshqa dolzarb mavzularga oid sakkizta sessiya bo‘lib o‘tadi.

Sardorbek Poyonov,

Doniyor Yakubov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA.