Avval xabar qilinganidek, poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” markaziy ko‘rgazmalar majmuida “Qurilish – UzBuild 2024″ xalqaro ko‘rgazmasining ikkinchi kungi tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Bugun tashkil etilgan tadbirlardan biri arxitektura byurolari faoliyatiga bag‘ishlangan sessiya ishidir.

Unda Buyuk Britaniyadagi “Zaha Hadid Architects” kompaniyasi erishgan yutuqlar va ko‘nikmalar haqida ushbu kompaniyaning yetakchi arxitektori Yevgeniya Pozigun taqdimot qildi.

Sessiya ishida Yevgeniya Pozigun ushbu kompaniyaning turli arxitektura tipologiyalari, bosh rejalar, turar joylar va infratuzilmaning innovatsion dizayniga yondashuvini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, u byuro faoliyati, turli tipologiyalarning yetakchi loyihalarini, byuro o‘z loyihalarini loyihalash va rivojlantirish uchun foydalanadigan innovatsion tizimlarni, barqaror rivojlanish, innovatsion qurilish texnologiyalari bo‘yicha o‘zining ko‘p yillik tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

– Umid qilamizki, “Yangi Toshkent shahri” kabi loyihalarda ushbu tamoyillar integratsiya qilinadi. Chunki biz yangi shaharlarni qurish va rejalashtirishda infratuzilmani va shaharni yaratish uchun barcha tizimlarni, shu jumladan, ijtimoiy tizimlarni, ijtimoiy jihatlarni to‘g‘ri rejalashtirishdan boshlanadi, deb ishonamiz. Biz bu kabi anjumanda kelgusida ham ishtirok etishni istardik. Negaki, bizda loyihalar ham, texnologiyalar ham rivojlanmoqda. Biz kelajakdagi ishlanmalarni ulashishni va O‘zbekistondagi yangiliklar haqida ko‘proq bilishni istaymiz, – dedi u.

N. Ziyodullayeva, O‘zA