Poytaxtimizda bo‘lib o‘tayotgan “O‘zbekiston va Xitoy: ikki xalq farovonligi yo‘lida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning hozirgina boshlangan dastlabki sessiyasi “Har tomonlama keng qamrovli strategik sheriklik: O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarning yangi bosqichi” deb nomlangan.

Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov boshqarib borayotgan mazkur sessiyada ikki davlatning yana bir qator tajribali ekspertlar bevosita va onlayn shaklda so‘zga chiqishi kutilyapti.

E.Aripov ta’kidlab o‘tganidek, hozir O‘zbekiston va Xitoy yetakchi tahliliy markazlari o‘rtasida izchil hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Davlatimiz rahbarining Xitoyga so‘nggi tashrifi oldidan Chin yurtida ham xuddi shunday nufuzli anjuman tashkil etilgan edi.

Binobarin, bu galgi tadbir mohiyatan avvalgilaridan keskin farq qiladi. Aniqrog‘i, Xitoyning Ijtimoiy fanlar akademiyasi, Davlat Kengashi huzuridagi Rivojlanish tadqiqot markazi, xalqaro munosabatlar masalalari bilan shug‘ullanuvchi bir necha akademiyasi hamda mamlakatimiz tomonidan TIV huzuridagi Xalqaro aloqalar axborot-tahlil markazi, Prezident Adminmistratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi rahbarlari va mutaxassislarining munozarali chiqishlari so‘nggi paytda tez-tez tilga olinayotgan, mamlakatlarimiz hamkorligining joriy xususiyatini to‘la ifoda etadigan “har qanday sharoitda keng qamrovli strategik sheriklik” iborasi asl mazmunini ochib berishga qaratilgan.

G‘.Xonnazarov,

R.Nazarmatov (surat), O‘zA