O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvi tizimi takomillashtirilishi munosabati O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga

quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi:

davlat boshqaruvi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan vazirlik va idoralarning nomlariga o‘zgartirishlar kiritiladi;

shaharsozlik hujjatlarining ekspertizasi tartibotidagi huquqiy bo‘shliqlar to‘ldiriladi va ekspertiza qiymatlari muqobillashtiriladi;

qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasidagi mutaxassislar sertifikatlashda test sinovlaridan olgan ballariga muvofiq obyektlarning xavf-xatar toifasiga yo‘naltiriladi.

O‘zA