Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Armanistonga Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT)dan chiqish yoki mazkur tuzilmadagi ishtirokini muzlatish masalasida shoshilmaslikni maslahat berdi. Uning ta’kidlashicha, qaytish har doim qiyin kechadi.
Lukashenko jurnalistlar bilan uchrashuvda, jumladan, shunday degan:
– Yerevandagi siyosatchilar uyg‘onishi kerak, xalq orasida “bor narsani yo‘qotmaslik kerak”, deya bejiz aytilmagan.
U Gruziyaning MDHdan chiqqani va endi qayta olmayotganini misol keltirgan.
Avvalroq Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi sharti Armanistonga nisbatan bajarilmaganini ta’kidlab, Yerevan ushbu tashkilotdagi ishtiroki muzlatilishishini ma’lum qilgandi.