Bahraynning Manama shahrida qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida jamoaviy bahslar o‘tkazildi.

Ahamiyatlisi, unda O‘zbekiston terma jamoasi ikki medalni qo‘lga kiritdi.

Sablya bo‘yicha Musa Aymuratov, Islombek Abdazov, Sardor Abdukarimbekov, Zuhriddin Qodirov kabi qilichbozlardan iborat O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Filippin, Saudiya Arabistoni, Gonkong va finalda Xitoy jamoasidan ustun keldi hamda oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, shpaga yo‘nalishida yigitlarimiz bronza medallariga ega chiqdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA