Germaniyaning Kotbus shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha jahon kubogining navbatdagi bosqichida afsonaviy sportchimiz Oksana Chusovitina o‘zining sevimli tayanib sakrash bahslarida final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
“Parij-2024” Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun harakat qilayotgan hamyurtimiz ertaga, 24 fevral kuni o‘tadigan bahslarda ishtirok etadi.
To‘rtta bosqichdan iborat jahon kubogining mazkur ikkinchi bosqich musobaqalarida 300 nafarga yaqin gimnastikachilar g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda.
Bugun, 23 fevral kungi musobaqalarda hamyurtlarimizdan Rasuljon Abdurahimov, Dildora Oripova, Odina Robijonova, Abdulaziz Mirvaliyev va Humoyun Islomov o‘z chiqishlarini amalga oshiradi.
Eslatib o‘tamiz, Misr poytaxti Qohirada o‘tgan jahon kubogi ilk bosqichida terma jamoamiz a’zosi R.Abdurahimov brus bahslarida oltinchi o‘rindan joy olgan edi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA