Butunjahon boks ittifoqi (WBC) ham o‘zining fevral oyi uchun yangilangan reytingini e’lon qildi. Mazkur reytingdan mamlakatimizning 8 nafar bokschisi o‘rin oldi.

Unga ko‘ra, birinchi yarim yengil vaznda Murodjon Ahmadaliyev bir pog‘ona ko‘tarildi va 3-o‘rinni egalladi. Birinchi o‘ta yengil vazn toifasida faoliyat olib borayotgan Hasanboy Do‘smatov 5-o‘rinda qoldi.

Jadvalning superog‘ir vazn toifasida Bahodir Jalolov o‘tgan oydagi kabi 13-o‘rinda qolgan bo‘lsa, super o‘rta vaznda Bektemir Meliqo‘ziyev o‘tgan oydagi pog‘onasidan yuqorilab, 12-o‘ringa joylashdi.

Super yarim o‘rta vaznda jang qilayotgan Isroil Madrimov sakkizinchi, yarim o‘rta vazn toifasidagi charm qo‘lqop ustamiz Shahram G‘iyosov esa o‘n to‘rtinchi va Jahongir Rasulov 32-o‘rindan joy oldi. Yengil vazn toifasidagi Olimjon Nazarov reytingga kiritildi va 34-o‘rinda qayd etildi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA