“Yosh kitobxon” tanlovi g‘olibiga avtomobil topshirildi

504

Yoshlar ijod saroyida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Yosh kitobxon” tanlovi respublika final bosqichining 20-30 yosh toifasi bo‘yicha g‘oliblarini aniqlash tadbiri o‘tkazildi.

“Yosh kitobxon” tanlovi 3 ta yosh toifasida, jumladan 10-14, 15-19, 20-30 yoshlar o‘rtasida mahalla – sektor – tuman – hudud – respublika bosqichlarida o‘tkazildi.

Tanlovda ishtirokchilarning kitoblarda ilgari surilgan Vatan, oila va do‘stlarga bo‘lgan sadoqat g‘oyalari, komil inson fazilatlari yuzasidan mustaqil fikr yuritishiga alohida e’tibor qaratiladi.

Shunga ko‘ra, “Yosh kitobxon” tanlovi respublika final bosqichining 20-30 yosh toifasi bo‘yicha g‘oliblari aniqlandi.

Unga ko‘ra, birinchi o‘rin Toshkent shahridan Gulhayo Soliyevaga nasib etdi. Ikkinchi o‘rinni Qoraqalpog‘iston Respublikasidan Feruza Abdrimova egalladi. Uchinchi o‘ringa surxondaryolik o‘rin Fazilat Diyorova munosib topildi.

G‘oliblar taqdirlandi. Jumladan, birinchi o‘rin uchun “Kobalt” avtomobili, ikkinchi o‘ringa 50 million so‘m va uchinchi o‘rin sohibiga 30 million so‘m pul mukofoti topshirildi.

Mazkur final bosqichida qatnashgan barcha ishtirokchilar 10 million so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Gulnoza Boboyeva, Nosirjon Haydarov (surat), O‘zA