Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida Latviya Respublikasi delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida Agentlik direktori Abdulla Azizov Latviya elchixonasi rahbari vazifasini bajaruvchi Yelena Punsile, ushbu davlatning O‘zbekistondagi tashqi iqtisodiy vakolatxonasi rahbari Georgiys Voyevoda, farmatsevtika sohasida mintaqadagi yirik korxonalardan biri sanalgan “OlainFarm” kompaniyasi vakili Aleksandr Melnis bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha fikr almashdi.

Muzokara chog‘ida referent narxni shakllantirish, elektron retsept hamda markirovka tizimi singari bugungi kun uchun dolzarb mavzular ko‘tarildi. Dori vositalari va kimyoviy-farmatsevtik mahsulotlar bilan shug‘ullanuvchi mazkur xorijiy kompaniya mahalliy hamkorlar bilan ampula ko‘rinishida dori-darmon ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihasiga qiziqish bildirdi.

M.Madaminova, O‘zA