O‘zbekiston elchisi Quvayt tashqi ishlar vaziriga ishonch yorlig‘i nusxasini topshirdi
298
O‘zbekistonning Kuvayt Davlatidagi yangi elchisi Ayubxon Yunusov ushbu mamlakat tashqi ishlar vaziri Abdulla Ali Al-Yahyoga ishonch yorlig‘i nusxasini topshirdi.
Marosimdan so‘ng tomonlar o‘zaro hamkorlikning joriy holati va istiqbolini muhokama qilib, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ilmiy, madaniy-ma’rifiy hamkorlikni mustahkamlash, umumiy savdo ko‘lamini kengaytirish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish muhimligini ta’kidladilar.
Shuningdek, joriy yil uchun qo‘shma tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi.
Eslatib o‘tamiz, A.Yunusov Al-Kuvaytga 6 fevral kuni yetib borgan. Tayinlangunga qadar u TIV Konsullik-huquqiy departamenti boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.
O‘zA