O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan mamlakatimizdagi mavjud sport maktablarida o‘tgan yili amalga oshirilgan ishlar va joriy yilda qilinadigan ishlar rejasi ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, 2023 yilda sport maktablarida shug‘ullanuvchilar soni 327 ming nafarga yetdi. Olimpiya sport turlari bo‘yicha qo‘shimcha 13,7 mingta yangi sport seksiyalari tashkil etildi.
19-30 yoshdagi 9,4 ming nafar uyushmagan yoshlar sport maktablariga jalb etilib, ma’lum bir sport turlariga yo‘naltirildi.
Mamlakatimizdagi mavjud sport maktablarida 11,6 ming nafar ommaviy sport seleksiya tashkil etilib, aholining shug‘ullanishi uchun shart-sharittlar yaratildi.
O‘tgan yil davomida mamlakatimizda umumiy hisobda 4,9 mingta sport musobaqalari o‘tkazilib, sportchilar, sport jamoalari uchun 765 ta o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari tashkil etildi.
Mamlakatimizda ommaviy sportni rivojlantirish, mahoratli sportchilarni tanlash, saralash va xalqaro musobaqalarga tayyorlash maqsadida 2024 yil davomida O‘zbekistonda 2,5 ming nafar murabbiylarning malakasi oshirish, razryadli sportchilar sonini 25 ming nafarga yetkazish nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, o‘tayotgan yilda yurtimizda 254 ta maktablararo musobaqalar tizimini yo‘lga qo‘yish, bir qatori xalqaro musobaqalar, ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish, aholi orasida sog‘lom turmush tarzini yanada keng yoyish orqali iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash bo‘yicha yangi-yangi loyihalarni tatbiq etish rejalashtirilmoqda.
T.Ro‘ziyev, O‘zA