Butunjahon boks tashkiloti (WBO) fevral oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi. Unda mamlakatimizning 6 nafar charm qo‘lqop ustasi o‘rin oldi.
Jumladan, Hasanboy Do‘smatov faoliyat olib borayotgan birinchi o‘ta yengil vazn toifasida bir pog‘ona ko‘tarilib, 6-o‘rinni egalladi. O‘ta yengil vaznda esa Olimjon Nazarov o‘tgan oy kabi 5-o‘rinda qoldi. Murodjon Ahmadaliyev esa birinchi yarim yengil vazn toifasida yettinchi, Shahram G‘iyosov yarim o‘rta vaznda uchinchi bo‘ldi.
Shuningdek, Bektemir Meliqo‘ziyev super o‘rta vaznda yettinchi pog‘onada qayd etilgan bo‘lsa, Bahodir Jalolov o‘z vaznida (90,7 kg) 15-pog‘onada bormoqda.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA