«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ ishchilari Afg‘onistonda Xayraton – Mozori-Sharif temir yo‘l liniyasini rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini boshladi.
Shu munosabat bilan “Xayraton” bekatida tashkil etilgan tantanali tadbirda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ va Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi vakillari ishtirok etdi.
Imzolangan kelishuvga binoan, ushbu temir yo‘l liniyasini rekonstruksiya qilish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda qisqa muddatlarda «Naibobod» bekatiga yuk vagonlarini yetkazib berish rejalashtirilgan. Shu maqsadda «Xayraton» «B» bekatining istirohat bog‘i va temir yo‘l infratuzilmasining 57- kilometrida tiklash ishlari ham olib boriladi. U yerga «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ ning 120 nafar xodimi yuborilgan.
Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA