Qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Bahraynda o‘tayotgan Osiyo chempionati O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari uchun omadli o‘tmoqda.

Sablya qurolidagi bahslarda qatnashgan yigitlarimiz o‘z yosh toifalarida qit’ada tengsiz ekanini namoyish etdi.

Murosasiz bellashuvlarda barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan Musa Aymuratov oltin medal sohibiga aylangan bo‘lsa, yarim final bahsida ishtirok etgan terma jamoamiz a’zosi Zuhriddin Qodirov bronza medaliga musharraf bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 30 ga yaqin davlatning mahoratli qilichbozlari ishtirokida o‘tayotgan qit’a chempionatining o‘smirlar o‘rasidagi bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari bronza medaliga ega chiqqan.

Musobaqalar davom etmoqda.

T.Ro‘ziyev, O‘zA