Xabaringiz bor, shu kunlarda Yevropa va Osiyo qit’asida chempionlar ligasining 1/8 final bosqichi uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.

Osiyo chempionlar ligasida bugunga qadar chorak final bosqichiga yo‘l olgan uchta juftlik aniqlandi. Unga ko‘ra, 4 mart kuni “Al-Ayn” (BAA) – “Al-Nasr” (Suadiya Arabistoni), 5 mart kuni “Ulsan Xyonde” (Janubiy Koreya) – “Chonbuk” (Janubiy Koreya) hamda 6 mart kuni “Yokogama Marinos” (Yaponiya) – “Shandung Taishan” (Xitoy)  klublari yarim final yo‘llanmasi uchun o‘zaro birinchi uchrashuvda maydonga tushadi.

Musobaqaning 4 juftligi bugun, 22 fevral kuni aniqlanadi. Aniqrog‘i, 1/8 final bosqichi javob uchrashuvlarida “Al-Ittihod” (Saudiya Arabistoni) – “Navbahor” (O‘zbekiston), “Al-Hilol” (Saudiya Arabistoni) – “Sepaxon” (Eron) klublari maydonga tushadi. Aynan shu juftlik g‘oliblari chorak finalda bir-birlariga qarshi raqobatlashadi.

Mazkur bahslarning biz uchun ahamiyatlisi “Al-Ittihod” va “Navbahor” o‘yinidir.

Yevropa chempionlar ligasining nimchorak finalidan o‘rin olgan “Napoli” – “Barselona” va “Portu” – “Arsenal” klublari o‘rtasidagi ilk uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

“Napoli” – “Barselona” bahsida 1:1 hisobi qayd etilgan bo‘lsa, “Portu” o‘z maydonida “Arsenal”ni 1:0 hisobida taslim qildi. Endi ushbu jamoalar 13 mart kuni javob o‘yinida to‘qnash keladi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA