Germaniyaning “Mercedes-Benz” avtomobil ishlab chiqarish korxonasi ehtimoliy yong‘in xavfi tufayli butun dunyo bo‘ylab tarqalgan 250 mingga yaqin mashinasini qaytarib oladi.
Federal avtotransport boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat hududida 37 mingdan ziyod avtomobil yig‘ib olinadi.
Muammo 2023 yil chiqarilgan “AMG GT”, “C-Class”, “CLE”, “E-Class”, “EQE”, “EQS”, “GLC”, “S-Class” va “SL” rusumlari bilan bog‘liq.
“DPA” agentligi yozishicha, ehtiyot chorasi sifatida “Mercedes-Benz” yonib ketish xavfi ostidagi mashinalarning ayrim ehtiyot qismlarini bepul almashtiradi. Uskunaga qarab, jarayon 2-5 soat davom etadi.