2024 yil fevral oyida o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, ukrainaliklarning aksariyati, aniqrog‘i 69 foizi Vladimir Zelenskiy harbiy holat tugagunga qadar prezidentlik qilishi kerak, deb hisoblaydi.
Bu haqda Kiyev xalqaro sotsiologiya instituti tadqiqotiga tayanib, “AzerTAJ” xabar berdi.
Respondentlarning 15 foizi saylov o‘tkazish maqsadga muvofiq, deb hisoblagan, jumladan 4 foizi shu munosabat bilan harbiy holatni to‘xtatib turish, 11 foizi esa tegishli qonunga o‘zgarish kiritish va harbiy holat sharoitida saylov o‘tkazish tarafdori.
Bundan tashqari so‘rovning 10 foiz ishtirokchisi Zelenskiy joriy yil may oyida vakolatini, yangi yetakchi saylangunga qadar, Oliy Rada rahbariga topshirishi variantini qo‘llab-quvvatlamoqda.