Bugun Osiyo chemponlar ligasining nimchorak final javob uchrashuvlari davom ettiriladi.
Unda Qarshining “Nasaf” jamoasi Abu-Dabida “Al-Ayn”ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv soat 21:00da start oladi. Eslatib o‘tamiz, bu jamoalarning birinchi bahsi 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlangan edi. Javob o‘yinida “Al-Ayn” oq rangli, “Nasaf” esa to‘liq qizil rangli libosda maydonga tushadi.
Shuningdek ushbu bosqichda “An-Nasr” va “Al-Feyxa” klublari ham javob o‘yinida maydonga tushadi. Mazkur jamoalarning ilk o‘yinida “An-Nasr” 1:0 hisobida zafar quchgan edi. Ar-Riyod shahrida o‘tadigan bahs Toshkent vaqti bilan 23:00 da boshlanadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA