Bahraynda o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida qilichbozlik bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda. Unda sablya bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi shohsupaga ko‘tarildi.
Qilichbozlarimiz musobaqaning chorak finalida Singapur, yarim finalda Xitoy jamoalarini taslim etdi. Afsuski, so‘nggi hal qiluvchi final bahsida Janubiy Koreyaga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shu tariqa, terma jamoamiz yakunda kumush medaliga sazovor bo‘ldi. Oltin medal esa Janubiy Koreya termasida qoldi. Ikki bronza medali esa Xitoy va Gonkong termasiga nasib etdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA