FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish, ish o‘rinlari yaratish, oilalar daromadini oshirish, yoshlar bandligini ta’minlash borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Tumanning “Gulzor” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tgan 2023 yil davomida mahalladagi hokim yordamchisining tavsiyasi bilan 168 nafar fuqaroga kichik biznes, tadbirkorlik va boshqa sohalar bilan shug‘ullanishi uchun jami 2 milliard 250 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘i ajratildi. Shuningdek, bir qancha xotin-qiz va yoshlar kasb-hunarga o‘qitildi.

Mahalladagi mavjud 1011 xonadonda 14-30 yoshdagi 949 nafar yosh to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, 5 ta toifa – bandlik, ta’lim, oilaviy, ijtimoiy va salomatlik holatlari asosida “Yoshlar balansi” shakllantirildi. 2023 yil davomida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 44 nafar o‘g‘il-qizga ijtimoiy-iqtisodiy yordam ko‘rsatildi. Jumladan, 10 nafar talabaning kontrakt puli to‘landi. 8 nafar yoshga subsidiya asosida mehnat qurollari olib berildi. 25 nafar yoshga tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishi uchun kredit ajratildi.

Maqsad HABIBULLAEV (surat+video), O‘zA