Qozog‘istonning Almati shahrida Aralash jang san’atlari (MMA) bo‘yicha “Octagon 55” musobaqasi o‘tkazildi.
Turnir doirasida besh nafar o‘zbekistonlik MMA ustalari oktagonga ko‘tarildi. Aniqrog‘i, eng yengil vaznda Suxrobbek Otajanov mezbonlar vakili Risbek Baydullayevni, o‘ta yengil vaznda Azizbek Temirov ozarbayjonlik Elmir Jafarovni yengdi.
Afsuski, Jahongir Najmiddinov, Akromjon Dosimboyev va Sardor Madaminov o‘z vazn toifalarida mag‘lubiyatga uchradi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA