Tojikistonning Dushanbe shahrida boks bo‘yicha “IBA Chempionlar oqshomi” musobaqasi tashkil etildi.

Unda bokschimiz Miraziz Mirzaxalilov meksikalik Luis Rodriges Okanaga qarshi jang qildi. “IBA” chempionlik kamari uchun eliminator maqomida bo‘lib o‘tgan ushbu jangda charm qo‘lqop ustamiz g‘alaba qozondi.

Ma’lumot uchun, Miraziz Mirzaxalilov professional boksdagi faoliyatini 2021 yilda boshlagan va bugungi kunga qadar 4 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘olib bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Rossiyaning Yekaterinburg shahrida Odiljon Aslonov va Bobousmon Baturov professional boks oqshomida ringga ko‘tarilib, zafar quchgan edi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA