Xonobod shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda.

Baliqchidagi Ko‘l mahallasida maktab yo‘qligi uchun 752 nafar bola boshqa 4 ta mahalladagi maktabga qatnashga to‘g‘ri kelayotgani tanqid qilindi. Vaholanki, ushbu mahallada joylashgan 600 o‘rinli pedagogika kollejida 370 nafar bola o‘qiydi.

Agar kollejning bo‘sh binosida maktab tashkil qilinsa, yangi bino qurishga ehtiyoj bo‘lmaydi, 4 ta mahalladagi maktab ham bir smenaga o‘tadi.

Mutasaddilarga bu borada tegishli ko‘rsatmalar berildi.

O‘zA