Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilish davom etmoqda.
Viloyatda parranda go‘shti yetishtirishni kengaytirish maqsadida 1,5 million bosh parranda boqish quvvatiga ega 20 ta korxona ishga tushirilishi belgilandi.
Ulug‘nor va Bo‘stonda 2 ta yirik sutni qayta ishlash korxonasi tashkil qilinadi. Uy va chorva xo‘jaliklarida naslni yaxshilash bo‘yicha yangi tizim yaratish muhimligi ta’kidlandi.
Oziq-ovqat sanoatiga xorijiy brend korxonalarini jalb qilib, 342 ta loyihaga 220 million dollar ajratilishi aytildi.
Andijon, Ulug‘nor va Jalaquduqda meva-sabzavotni qayta ishlash quvvatlarini ko‘paytirish, Andijon tumanida yirik agrologistika markazini qurish yuzasidan ham mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.
O‘zA