Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilish davom etmoqda.

Davlatimiz rahbari kichik GESlar qurib, adirliklarga suv chiqarish imkoniyatlarini o‘rganish va tegishli dastur ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi. Bu orqali 50 ming gektar adirlikni o‘zlashtirish mumkinligi qayd etildi.

Viloyatda klaster asosida bu yil 100 ming tonna baliq yetishtirish rejalashtirilgan. Lekin Ulug‘nordagi Katta Andijon kanalida 1,5 ming gektar sun’iy ko‘l qarovsiz turibdi.

Ushbu imkoniyatlarni ishga solish, bunga 100 milliard so‘m kreditlar yo‘naltirish topshirildi.

O‘zA