Xonobod shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda.

Xitoy va Vengriyadagi farmatsevtika kompaniyalari Andijonga kelib, ishlab chiqarishni tashkil qilishga katta qiziqish bildirmoqda.

Mutasaddilarga ushbu mamlakatlarning yirik kompaniyalari bilan kelishuvga erishib, murakkab tarkibli dori va tibbiy buyum ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish choralarini ko‘rish topshirildi.

Joriy yildan boshlab chetdan texnolog olib kelish, dorilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va transport xarajatlari qoplab beriladi.

Ta’limni ishlab chiqarish bilan bog‘lab, viloyatda farmatsevtika klasterini tashkil qilish zarurligi qayd etildi.

O‘zA