So‘nggi yillarda mamlakatimizda sport sohasida olib borilayotgan samarali ishlar natijasida har qanday sport turlari bo‘yicha nufuzli musobaqalarni o‘tkazishga imkoniyatlar yaratilmoqda. Shu bois ham dunyo sport tashkilotlari O‘zbekistonda yirik turnirlarni o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Ana shunday musobaqalardan biri baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionatidir.

Mamlakatimizda ilk marotaba tashkil etilayotgan ushbu musobaqa joriy yilning 23-25 avgust kunlari Samarqandda Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan eshkak eshish kanalida bo‘lib o‘tadi.

“Parij-2024″ yozgi Olimpiya o‘yinlaridan keyin tashkil etiladigan musobaqada atletlar noolimpiya masofalarida bellashadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA