AQSH birinchi Prezidenti Jorj Vashingtonning portreti Koloradodagi omborxonadan g‘oyib bo‘ldi. Bu haqda Denverdagi Federal qidiruv byurosi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilgan, deb yozdi “Kazinform”.
Asar hozir qayerdaligi haqidagi har qanday ma’lumot uchun politsiya ikki ming dollargacha mukofot taklif qilmoqda.
Tarixiy ahamiyatga ega mazkur portret 1796 yil amerikalik rassom Gilbert Charlz Styuart tomonidan chizilgan. Aslida bu ijodkor hayoti davomida Jorj Vashingtonni bir necha bor o‘z asarlarida “jonlantirgan”, ammo aynan shu siymodan dollar banknotini tayyorlashda foydalanilgan. Rassom variantning jami 130 xil nusxasini yaratgan ekan.