Indoneziya saylov komissiyasi saytida ovoz berish jarayoni bo‘yicha jadval e’lon qilindi. 41,01 foiz byulleten qayta ishlangandan keyin mamlakat mudofaa vaziri general Prabovo Subianto 56,11 foiz ko‘rsatkich bilan yetakchilik qilayotgani ma’lum bo‘ldi.

Avvalroq saylov uchastkalarining 29,1 foizidan olingan ma’lumotga tayanib, Subianto 56,2 foiz ovoz bilan oldinda borayotgani aytilgandi. Agar mudofaa vaziri 50 foizlik to‘siqdan o‘ta olsa, saylovning birinchi bosqichidayoq g‘alabani qo‘lga kiritishi mumkin. Ya’ni, vazir qo‘lga kiritilgan 56,11 foizlik ustunlikni saqlab qololsa, saylovning ikkinchi bosqichini o‘tkazishga hojat qolmaydi.

Hozircha ikkinchi o‘rin 24,55 foiz ovoz olgan sobiq madaniyat va ta’lim vaziri Anisa Basvedanaga tegishli. Prezidentlikka da’vogarlardan yana biri, 19,34 foiz tarafdor ishonchini qozongan Markaziy Yava sobiq gubernatori Ganjara Pranovo esa o‘yindan chiqadigan ko‘rinadi.

Indoneziya prezidentini saylash jarayoni olti soatga cho‘zildi. Dastlabki rasmiy natija shu kunning o‘zidayoq e’lon qilina boshladi. Subianto raqiblaridan yaqqol ustun ekanini mustaqil tashkilotlar ham tasdiqlamoqda.

На выборах prezidentа Индонезии победил министр обороны - Ведоmosти

Prabovo Subianto tarafdorlari qarshisida so‘zga chiqib, hukumat tarkibini Indoneziyaning eng yaxshi odamlaridan tuzish niyatidaligini ma’lum qildi. Ta’kidlash joiz, uning nomzodini mamlakat sobiq rahbari Joko Vidodo ham qo‘llab-quvvatlamoqda. Agar u prezident bo‘lsa, Vidodoning o‘g‘li Gibran Rakabuming Raka yangi vitse-prezident etib tayinlanishi mumkin.

Saylov oldi poygasida mudofaa vaziriga raqiblik qilgan Anis Basveden va Ganjar Pranovo jamoatchilikni shoshilinch xulosa chiqarmaslik, 20 martda e’lon qilinadigan rasmiy natijani kutishga chaqirdi. Ular Subiantodan mos ravishda 25 va 17 foiz ortda qolishyapti.

Bo‘lajak prezident haqida yana bir qiziq ma’lumot: 1951 yil 17 oktyabr kuni Jakartada tug‘ilgan Prabovo Subianto 1968-1998 yillari Indoneziyani boshqargan marhum prezident Suxartoning kuyovi.

Indoneziyada prezident saylovi o‘tkazish tartibining o‘ziga xos tomonlari mavjud. Siyosiy tadbir 1945 yil qabul qilingan Konstitutsiyaga ko‘ra amalga oshiriladi.

Улем из Самарканда исламизироvaл всю Индонезию | Новости Узбекисtanа,  России, Казахсtanа, Украины, Белорuссии - Вести.UZ

Mamlakatda ijro hokimiyati rahbari hisoblanadigan Prezidentga vitse-prezident yordam beradi.

Yana bir qiziq tomoni, Indoneziyada prezident va vitse-prezident juftlikda saylanadi va lavozimini besh yil davomida egallab turadi. Ular faqat bir marta qayta saylanishi mumkin.

Faqat Indoneziya fuqarosi to‘g‘ridan-to‘g‘ri va yashirin ovoz bilan saylanadigan bu ikki eng yuqori lavozimni shu yurtda tug‘ilgan, boshqa fuqarolikni olmagan, davlatini o‘zgartirmagan hamda jismoniy va aqliy jihatdan sog‘lom shaxs egallashi mumkin. Nomzodlarga qo‘yiladigan yana bir talab – 40 yoshdan yuqori bo‘lish shart. Ro‘yxatdan o‘tish uchun fuqaroning davlat mablag‘iga zarar keltirishiga sabab bo‘ladigan qarzi bo‘lmasligi zarur, so‘nggi besh yil soliq majburiyatini bajargani ko‘rsatilishi kerak. Shaxsning avval sudlanmagani, taqiqlangan tashkilotga a’zo emasligi, kamida o‘rta maktab ma’lumotiga egaligi va boshqa qator talablar ham mavjud.

Shuningdek, Indoneziyada prezident, parlament va hududiy qonunchilik organlariga saylov bir vaqtda o‘tadi.

Indoneziya изuчает преимuщестva встuпления в БРИКС - РИА Новости, 05.01.2024

Nomzod umumiy saylovda ishtirok etgan siyosiy partiya tomonidan ham ilgari surilishi mumkin, lekin bu borada ham muayyan qoidaga amal qilish kerak. Masalan, partiya parlamentdagi jami o‘rinlarning kamida 20 foiziga egalik qilishi yoki oxirgi parlament saylovida kamida 25 foiz ovoz olgan bo‘lishi shart.

Da’vogar nomi siyosiy partiyaning koalitsion kelishuvi asosida ham taqdim etilishi mumkin. Partiyalar koalitsiyasi saylovga faqat bir juft (prezident va vitse-prezident juftligi) nomzod ko‘rsata oladi.

Davlat mansabdorlari nomzodini qo‘ymoqchi bo‘lsa, iste’foga chiqadi. Mazkur qoida prezident, vitse-prezident, parlament rahbari va a’zosi, gubernator hamda merga joriy qilinmaydi.

50 foizdan yuqori ovoz qo‘lga kiritgan nomzodlar juftligi prezident va vitse-prezident sifatida e’lon qilinadi.

История страны Indoneziya – от тuроператора Мальдивиана

Agar biror juftlik 50 foizdan ko‘p ovoz ololmasa, siyosiy tadbirning ikkinchi bosqichi belgilanib, keyingi turda eng ko‘p ovoz olgan ikki juftlik ishtirok etadi. Ikkinchi bosqichda ko‘p ovoz olgan juftlik g‘olib, deb tan olinadi.

Janubi-sharqiy Osiyoda joylashgan Indoneziya Respublikasi hududi 1 904 569 km². 2020 yil ro‘yxatga olingandan keyin mamlakat aholisi 270 203 917 kishi ekani ma’lum bo‘ldi. Ushbu ikki ko‘rsatkich bo‘yicha mintaqaning eng yirik mamlakati hisoblangan Indoneziya aholisi soni bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi, hududi kattaligi bo‘yicha 15-o‘rinda. Mamlakat jahonning 7- iqtisodiyotiga egaligi e’tirof etiladi.

Indoneziya poytaxti – Jakarta, biroq ayni payt poytaxtni Nusantara shahriga  ko‘chirish rejasi amalga oshirilmoqda.

Saidmurod Rahimov, O‘zA