Qirg‘izistonda 2024 yil 15 fevraldan boshlab 2023 yil namunasidagi milliy valyutaning yangi beshinchi seriyasidagi 20, 50 va 100 somlik banknota muomalaga kiritildi, deb yozgan “Kazinform”.
Respublika Milliy banki ma’lumotiga ko‘ra, yangi pulda san’at va madaniyat namoyandalari timsoli, mamlakatning diqqatga sazovor joylari tasviri, shuningdek asosiy rang va o‘lcham saqlab qolingan. Qalbakilashtirishdan ishonchli himoyani ta’minlovchi zamonaviy xavfsizlik unsurlari uch darajali majmuasiga murojaat qilingan.
Avvalgi barcha banknotalar Qirg‘iz Respublikasi hududida rasmiy to‘lov vositasi sifatida majburiy qabul qilinadi.