Xabaringiz bor joriy yilda Fransiyaning Parij shahrida 28 avgust – 8 sentyabr kunlari XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Hozirgi kun turli davlat paralimpiyachilari mazkur musobaqaga yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun turli musobaqalarda ishtirok etmoqda.

Bugungi kunga kelib O‘zbekiston paralimpiyachilari para o‘q otish, para yengil atletika, para suzish, para kanoe, para akademik eshkak eshish, para velosport va para taekvondo bo‘yicha 34 ta litsenziyaga ega chiqdi va yo‘llanmalarni qo‘lga kiritishda davom etmoqda.

Xo‘sh, mazkur yo‘llanmalar kimlar tomonidan va qanday sport turi bo‘yicha qo‘lga kiritilgan?

Para o‘q otish bo‘yicha 4 ta litsenziya:

Server Ibragimov – 10 metr, 50 metr pistolet

Shahnoza Mamajonova – 10 metr, 50 metr pistolet

Para yengil atletikada 19 ta litsenziya:

Asila Mirzayorova – uzunlikka sakrash

Doniyor Saliyev – uzunlikka sakrash

Boburjon Omonov – yadro uloqtirish

Izzat Turg‘unov – uzunlikka sakrash

Husniddin Norbekov – yadro uloqtirish

Kubaro Hakimova – yadro uloqtirish

Qudratulloxon Ma’rufxo‘jayev – yadro uloqtirish

Nozimaxon Qayumova – nayza uloqtirish

Mohigul Hamdamova – disk uloqtirish

Yokutxon Xolbekova – uzunlikka sakrash

Yorqin Odilov – nayza uloqtirish

Sofiya Burxanova – yadro uloqtirish

Tolibboy Yo‘ldoshev – yadro uloqtirish

Elbek Sultonov – yadro uloqtirish

Nurxon Qurbonova– yadro uloqtirish, nayza uloqtirish

Dilafruz Ahmadxonova – yadro uloqtirish

Urganchbek Egamnazarov – uzunlikka sakrash

Timur Giyazov – balandlikka sakrash

 

Para suzishda 2 ta litsenziya:

Islam Aslanov – 100 va 50 metrga erkin usulda suzish

 

Para kanoeda 2 ta litsenziya:

Haytmurod Sherqo‘ziyev – 200 metr

Azizbek Abdulhabibov– 200 metr

 

Para akademik eshkak eshishda 1 ta litsenziya:

Xolmurod Egamberdiyev – 2000 metr PR1M1x

 

Para velosportda 1 ta litsenziya:

Jamoaviy – Shosse yo‘nalishi

 

Para taekvondoda 5 ta litsenziya:

Guljanoy Naimova  – 60 kg

Ziyodaxon Isaqova – 47 kg

Zuhriddin Tohirov – 63 kg

Javohir Aliqulov –70 kg

Asadbek Toshtemirov – 80 kg.

Ma’lumot o‘rnida, hozirda para yengil atletik, para dzyudo, para suv sport turlari, pauerlifting kabi yana bir qator sport turlari bo‘yicha “Parij-2024” Paralimpiya o‘yinlari yo‘llanmalari o‘ynalmoqda va yuqoridagi raqamlar o‘zgarishda davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, “Tokio-2020” Paralimpiya o‘yinlarida 44 nafar paralimpiyachimiz 8 sport turidan 55 ta yo‘llanmaga ega chiqqan edi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA