Quloqchinlardan noto‘g‘ri foydalanish eshitish qobiliyatining butkul yo‘qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. Xorijiy manbalarda esa hatto bir marotaba kuchli ovozning ta’sirida ham inson kar bo‘lib qolishi mumkinligi yoziladi.

Masalaning yana bir og‘riqli jihati, e’tiborsizlik yoki loqaydlik oqibatida bugun ayrim insonlar tomonidan avtomobil qatnov qismlarida, shuningdek, temir yo‘llardan o‘tayotib quloqchinlardan foydalanayotganliklarini ko‘rish mumkin.

Bu esa o‘z navbatida turli ko‘ngilsiz hodisalarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda.

IIV Transport va turizm ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti Axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, 2022 yilda 2 nafar, 2023 yilda 3 nafar inson temir yo‘llarda quloqchinlardan foydalanish oqibatida hayotdan bevaqt ko‘z yumgan.

M.Eshmirzayeva, I.Ismatov (video), O‘zA