Samarqandda Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlash to‘g‘risidagi konvensiya ishtirokchilari 14-yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston va Qozog‘iston Ustyurt tekisligi faunasini saqlash maqsadida hamkorlik memorandumini imzoladi.

Memorandumni ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov va Qozog‘iston ekologiya va tabiiy resurslar vaziri o‘rinbosari Nurken Sharbiyev imzoladi.

Kelishuv doirasida Ustyurtda yovvoyi hayvonlarning transchegaraviy populyatsiyasi va ko‘chib yuruvchi turlarini saqlashni ta’minlash bo‘yicha ishchi guruh tuzilib, chora-tadbirlar rejasi – “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi.

Hujjat 2023 yil Jahon tabiiy merosi ob’ektlari ro‘yxatiga kiritilgan “Turon mo‘’tadil cho‘llari” transmilliy Jahon tabiiy merosi ob’ektini saqlash bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari majburiyatini bajarishga xizmat qiladi.

G.Sattorova, O‘zA