CMS COP14 doirasida Samarqandda “Champion Night” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda ko‘chib yuruvchi turlarni saqlash borasidagi ulkan sa’y-harakatlari va sadoqatlari uchun yangi CMS chempionlari mukofotlandi.

Tadbir davomida O‘zbekiston “2024–2026-yillarda ekologik aloqalarni ta’minlashga qo‘shgan hissasi uchun” faxriy mukofoti bilan taqdirlandi. O‘zbekiston nomzodi sertifikatini CMS ijrochi kotibi Emi Frenkel ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimovga topshirdi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidldash lozimki, tadbir CMS tomonidan ishlab chiqilgan tashabbuslarni ilgari surish va ularni barqaror qo‘llab-quvvatlashni rag‘batlantirishga qaratilgan “Migratory Species Champion”  (“Ko‘chib yuruvchi turlar chempionlari”) dasturi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Muhayyo  Toshqorayeva, O‘zA