Futbol bo‘yicha Osiyo chempionlar ligasining nimchorak final uchrashuvida “Nasaf” «Al-Ayn» klubiga qarshi maydonga tushdi.

Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionda o‘tkazilgan mazkur bahsda 0:0 hisobidagi durang qayd etildi.

Endi, “Nasaf” hamda “Al-Ayn” klublari o‘rtasidagi javob o‘yini 21 fevral kuni Abu Dabi shahridagi “Hazza bin Zayed” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, ertaga, 15 fevral kuni Namanganda “Navbahor” klubi Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” jamoasi bilan nimchorak finalda to‘qnash keladi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA