FOTOREPORTAJ

Nukus shahridagi 1-bolalar musiqa va san’at maktabida fortepyano, torli cholg‘ular, damli va zarbli cholg‘ular, xalq cholg‘ulari, baxshichilik,  estrada ijrochiligi, xoreografiya, teatr san’ati, tasviriy va amaliy san’at kabi yo‘nalishda tashkil etilgan to‘garaklarda 640 nafar o‘quvchi mahorat oshirmoqda.

Bu yerda qariyb 60 nafar malakali o‘qituvchi yosh avlodga musiqa va san’at sirlarini puxta o‘rgatayotir. Maktab zamonaviy ko‘rinish va barcha sharoitga ega. Mashg‘ulot xonalari mebel, musiqa asboblari va boshqa zarur jihozlar bilan ta’minlangan.

Imkoniyatlardan keng foydalangan yoshlar nufuzli festival va tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, 2022/2023 o‘quv yilida maktab o‘quvchilaridan Oqsingul Tilovbergenova, Zarima Maqsudova, Abdulaziz Oymirzayev, Ramilya Muratboyeva, Arman Orazbayev, Nurjamol Burkitova, Islombek Murodboyev, Kamila Shariboyeva mamlakatimiz hamda xalqaro miqyosda o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovlarda g‘olib va sovrindorlar safidan joy oldi.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA