Rossiya Eronga sarmoya kiritish borasida yetakchi

2023 yil Rossiya Eronga investitsiya kiritish bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi. Bu ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatning haqiqiy darajasini ko‘rsatib turibdi, deb bayonot berdi RFning Tehrondagi elchisi Aleksey Dedov “RIA Novosti”ga.
– Rossiya energetika kompaniyalari Eron bozorida muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, mamlakatimiz o‘tgan yili ushbu davlat investorlari orasida peshqadamlik qildi, – dedi diplomat. – Bu aloqalarimizning asl manzarasini namoyon etmoqda.
Rossiya 2022 yil ham Eronga investitsiya kiritish bo‘yicha yetakchi davlatlar qatorida edi.