Toshkentda og‘ir atletika bo‘yicha o‘tgan Osiyo chempionati nafaqat hayajonli onlar va unutilmas lahzalar, balki ko‘plab tarixiy rekordlar bilan ham yodimizda qoldi.

Poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida o‘tgan murosasiz bahslarda qit’aning 34 ta davlatidan kelgan mahoratli sportchilar chempionlik bilan birga “Parij-2024” Olimpiadasining reyting ochkolari uchun kurashdi.

Chempionat sarhisobiga ko‘ra, “Parij-2024” Olimpiadasi uchun belgilangan ayollar o‘rtasidagi 49, 59, 71, 81 va +81 kilogramm hamda erkaklar o‘rtasidagi 61, 73, 89, 102 va +102 kilogramm vaznlarga beriladigan reyting ochkolar jamg‘arildi.

“Parij-2024” Olimpiadasi reyting ballarini jamg‘arishda O‘zbekiston, Janubiy Koreya va Xitoy Taypeyi terma jamoalari yetakchi bo‘ldi.

Toshkent sport maydonidagi bahslarda jami 9 ta Osiyo va 8 ta jahon rekordi yangilangani ham og‘ir atletikaning xalqaro rivojida muhim ahamiyat kasb etdi.

Quyida ushbu rekorlar bilan tanishishingiz mumkin:

Ayollar 45 kg – Von Xyon Sim (KXDR): dast ko‘tarishda – 86 kg (avvalgi rekord 84 kg), ikkikurashda – 192 kg (avvalgi rekord 190 kg).

*** 

Ayollar 49 kg – Ri Song Gum (KXDR): siltab ko‘tarish – 125 kg (avvalgi rekord 124 kg), ikkikurash – 220 kg (avvalgi rekord 216 kg).

***  

Ayollar 55 kg – Kang Xyong Gyong (KXDR): dast ko‘tarish 86 kg (avvalgi rekord 84 kg), ikkikurashda – 234 kg (avvalgi rekord 233 kg).

*** 

Ayollar 71 kg – Song Kuk Xyang (KXDR): siltab ko‘tarish – 154 kg (avvalgi rekord 153 kg).

 ***  

Erkaklar 73 kg – Rahmat Erving Abdullah (Indoneziya): siltab ko‘tarish – 204 kg (avvalgi rekord 201 kg).

Osiyo rekordi:

Ayollar 45 kg – Von Xyon Sim (KXDR): dast ko‘tarish – 104 kg (avvalgi rekord 103 kg), ikkikurash – 192 kg (avvalgi rekord 190 kg).

***  

Ayollar 49 kg – Ri Song Gum (KXDR): siltab ko‘tarish – 125 kg (avvalgi rekord 124 kg), ikkikurash – 220 kg (avvalgi rekord 216 kg).

***  

Ayollar 55 kg – Kang Xyong Gyong (KXDR): dast ko‘tarish – 86 kg (avvalgi rekord 84 kg), ikkikurash – 234 kg (avvalgi rekord 233 kg).

***  

Ayollar 71 kg – Song Kuk Xyang (KXDR): siltab ko‘tarish – 154 kg (avvalgi rekord 153 kg).

*** 

Erkaklar 73 kg – Rahmat Erving Abdullah (Indoneziya): siltab ko‘tarish – 204 kg (avvalgi rekord 201 kg).

***  

Erkaklar +109 kg – Man Asaad (Suriya): ciltab ko‘tarish – 252 kg (avvalgi rekord 250 kg).

T.Ro‘ziyev, O‘zA