Qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Zaynab Dayibekova Peruda o‘tkazilayotgan jahon kubogida bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Zaynab musobaqaning saralash bosqichlarida Bolgariya, Italiya, Hindiston, Yaponiya vakillarini mag‘lubiyatga uchratdi. Shundan keyin u yarim finalda ikki karra jahon chempioni vengriyalik Shugar Battaiga imkoniyatni boy berdi va bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, kattalar o‘rtasidagi jahon kubogida shu kunga qadar hech qanday qilichbozimiz shohsupaga ko‘tarilmagan edi. Bu ishni Zaynab Dayibekova amalga oshirdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA