Joriy yilning 23 fevral kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahridagi “Andakulova Gallery” galereyasida “Fantaziya va armonlar orasida” nomli ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm boshqarmasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, unda qoraqalpog‘istonlik yosh rassomlar  Baxtiyar Serekeyev hamda Temur Shardemetovning asarlari ham namoyish etiladi.

Ma’lumot o‘rnida: “Andakulova Gallery” galereyasida taniqli zamonaviy rassomlar ko‘rgazmalari tashkil etib kelinadi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri