FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani “Qilichboy” ovul fuqarolar yig‘inidagi 22-maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya sifatini oshirish yo‘lida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu maskan 1980 yilda 80 o‘ringa mo‘ljallab qurilgan. So‘nggi yillarda hududda aholi soni ortib borayotgani sabab, muassasada qo‘shimcha binoga ehtiyoj sezildi. Shu bois, 2018 yilda “Obod qishloq” dasturi doirasida muassasa uchun 60 o‘ringa mo‘ljallangan qo‘shimcha bino qurilib, eski bino qayta ta’mirlandi.

Hozirda 225 nafar o‘g‘il-qiz tarbiyalanayotgan maskanda bolajonlarning sifatli ta’lim-tarbiyasi uchun barcha sharoit yaratilgan. Mashg‘ulot xonalari, tadbirlar o‘tkazish zali, ovqatlanish, yuvinish xonalari tarbiyalanuvchilar ixtiyorida.

Maskanda  “Ilk qadam” dasturi asosida dastlabki bilim va ko‘nikmani shakllantiruvchi mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilgan. Rus va ingliz tili, musiqa, raqs, shaxmat-shashka, o‘yinchoqlar yasash kabi to‘garaklar faoliyat yuritmoqda. Malakali tarbiyachilar bolajonlarning har bir kuni mazmunli o‘tishi uchun bor imkoniyatini ishga solgan.

Maqsad HABIBULLAEV (сурат, video), O‘zA