Yoqilg‘isiz isitiladigan 10 sotixli 200 tagacha ixcham issiqxona qurish vazifasini qo‘yildi
259

Prezident raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda issiqxonalarda mahsulot yetishtirishni qo‘llab-quvvalash bo‘yicha qo‘shimcha choralar belgilab olindi.
Issiqxona xo‘jaliklarini kreditlash mexanizmini qayta ko‘rib chiqish topshirildi.
Prezident yoqilg‘isiz isitiladigan, ixcham issiqxonalarni barpo qilish tajribasini qo‘llab-quvvatlab, tayyor holda topshirish sharti bilan 10 sotixli 200 tagacha ixcham issiqxona qurish vazifasini qo‘ydi.
Ushbu maqsadlarga “Oilaviy tadbirkorlik” dasturi doirasida 100 million so‘mgacha garovsiz kredit beriladi.
O‘zA