Bu yil 127 ming gektarda tuproq unumdorligini oshirish va 677 ming gektar yaylovlarni degradatsiyadan chiqarish bo‘yicha yangi dastur amalga oshiriladi.

Prezident raisligida agrar sohadagi ustuvor vazifalar va rejalarga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan yig‘ilishda shu haqda ma’lum qilindi.

Joriy yilda bog‘, tokzor, sabzavot, poliz, ozuqa ekini va issiqxonadan iborat 1,8 million gektar yerlarni ham to‘liq raqamlashtirishga topshiriq berildi.

Shuningdek, ushbu yerlarda ekinlar joylashuvi, vegetatsiya jarayoni, hosildorligi, mineral o‘g‘it sarfi “Agroplatforma”da yuritiladi.

O‘zA