Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turibdi.

Keyingi yillarda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida ko‘p qirrali munosabatlar sifat jihatidan yangi, yanada yuqori bosqichga ko‘tarildi, ko‘plab sohalarda ikki tomonlama hamkorlik rivojlanib bormoqda.

8 fevral kuni bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muzokaralardan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko Qo‘shma bayonot qabul qildilar.

Davlat rahbarlari huzurida qator muhim ikki tomonlama hujjat va bitimlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirlarda ishtirok etgan Bularus Respublikasi sport va turizm vaziri Sergey Kovalchuk sport sohasida amalga oshiriladigan ishlar xususida fikr bildirdi:

– Biz O‘zbekiston bilan xamkorlikda asosiy urg‘uni qishki sport turlarini rivojlantirishga qaratmoqchimiz. Bizda biatlon, xokkey kabi sport turlari yaxshi rivojlangan. Ayni shu yo‘nalishda O‘zbekistonda sportchilarni tayerlash jarayonida faol ishtirok etishga tayermiz.

O‘z navbatida, O‘zbekistonda kuchli rivojlangan sportning boks, taekvondo, yakkakurash turlari bo‘yicha aloqalarni kuchaytirishdan manfaatdormiz. Birgalikdagi bunday integratsiya xalqaro arenaga chiqishda katta natija beradi, deb uylayman.

Istiqbolda sport ta’limi borasida ham katta loyihalarni rejalashtiryapmiz. Belarus jismoniy tarbiya instituti Uzbekistondagi jismoniy tarbiya universiteti bilan xamkorlikda so‘nggi besh yilda qushma ta’lim dasturlarini xayotga tatbiq etib kelmoqda. Shuningdek, sport tibbiyoti xam ustuvor yo‘nalishlardan biri. Bu boradagi loyihalarni birgalikda davom ettiramiz va amalga oshiramiz.

Behruz XUDOYBERDIEV, O‘zA