FOTOREPORTAJ
Avval xabar berganimizdek, og‘ir atletika bo‘yicha Toshkentda o‘tayotgan Osiyo chempionatining bugungi kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun sermahsul o‘tdi.
Mahoratli polvonimiz Sunnatilla O‘sarov Osiyo chempionatida 3 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi. U dast ko‘tarishda 161 kg, siltab ko‘tarishda 185 kg va ikki kurashda 346 kg natija ko‘rsatishga erishdi.
Ayollar o‘rtasida -81 kg vazn toifasidagi bahslarda hamyurtimiz Nigina Adashboyeva ham 3 ta kumush medalni naqd qildi. Nigina dast ko‘tarishda 107 kg, siltab ko‘tarishda 136 kg va ikki kurash natijasiga ko‘ra, 243 kg toshni o‘ziga bo‘ysindirdi.
Bugungi bahs natijalariga ko‘ra, 1 ta oltin, 7 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldik.
Osiyo chempionati bahslari davom etmoqda.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA