Toshkentdagi “Yunusobod” sport majmuasida og‘ir atletika bo‘yicha davom etayotgan Osiyo chempionatida mamlakatimiz sportchisi navbatdagi medallar shodasini qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sunnatilla O‘sarov 96 kilogramm vaznda Osiyo chempionatining 3 ta kumush medaliga sazovor bo‘ldi.
Iste’dodli sportchimiz dast ko‘tarishda 161 kilogramm, siltab ko‘tarishda 185 kilo natija hamda ikki kurashda 346 kilogramm ko‘rsatkichga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, 10 fevralgacha davom etadigan qit’a chempionatida O‘zbekiston terma jamoasining umumiy medallar soni 1 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronzadan iborat bo‘lib turibdi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA