Pokiston hukumati parlament saylovlari munosabati bilan butun mamlakat bo‘ylab uyali aloqa tizimini vaqtincha o‘chirdi, deb xabar tarqatdi “Geo News” telekanali.
Ta’kidlanishicha, ushbu chora xavfsizlikni ta’minlash uchun amalga oshirilmoqda.
Bugun Pokistonda Milliy assambleyaga saylov bo‘lib o‘tyapti, natijaga qarab hukumat shakllantiriladi. Ovoz berish jarayoni kuchaytirilgan xavfsizlik choralari sharoitida o‘tmoqda. Bir necha kun avval Pokiston xalq partiyasidan ko‘rsatilgan nomzodlarning biriga hamda mamlakatning shimoli-g‘arbidagi politsiya idorasiga hujum uyushtirildi. Kuni kecha nomzodlar ofisida amalga oshirilgan qo‘poruvchilik tufayli 27 kishining yostig‘i quridi, 50 dan ziyod kishi jarohat oldi.