Chilining sobiq Prezidenti Sebastyan Pinera mamlakat janubida vertolyot qulashi oqibatida halok bo‘ldi, deb xabar berdi “Trend”.
Los-Rios hududida qulagan uchoq sahnidagi to‘rt kishidan, dastlabki ma’lumotga ko‘ra, faqat Pinera halok bo‘lgan.
O‘ziga tegishli vertolyotda ko‘lga qulagan sobiq davlat rahbari xavfsizlik kamarini bo‘shatolmagani, vertolyot 40 metr chuqurlikka cho‘kib ketgani ta’kidlangan.
Marhum siyosatchi ikki muddat – 2010-2014 va 2018-2022 yillari prezident lavozimida ishlagan.