AQSH “USAI” dasturi doirasida qurol bozoridan sotib olingan harbiy texnikani Ukrainaga yetkazib berishda davom etmoqda, dedi Pentagon rasmiy vakili o‘rinbosari Sabrina Singx.
– Dastur doirasidagi ayrim uzoq muddatli shartnomalar ijrosi davom etyapti, – dedi u brifingda. – To‘liq ro‘yxat hozir qo‘limda emas, lekin qator kelishuvlar bir necha yilga mo‘ljallangan. Shular asosida zarur vositalar Ukrainaga yetkazilmoqda.
USAI “PDA” tashabbusidan farqli o‘laroq, Pentagon omboridan emas, balki bozordan yangi qurol-yaroq xarid qilishni ko‘zda tutadi.
Amerika hukumati ta’kidlashicha, dekabrda Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan mablag‘ tugagan. Kongress yangi moliyaviy yordamni tasdiqlamas ekan, qurol va o‘q-dori bilan ta’minlash imkoni yo‘q.